background

⚡️ Qo‘ng‘irot—Mo‘ynoq avtomobil yo‘lida asfalt yotqizish ishlari davom etmoqda

Admin 26-Sentabr-2025

⚡️ Qo‘ng‘irot—Mo‘ynoq avtomobil yo‘lida asfalt yotqizish ishlari davom etmoqda

Hurmatli Prezidentimizning “Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-248-sonli qaroriga muvofiq, Qo‘ng‘irot — Mo‘ynoq avtomobil yo‘lining 91 km. qismini ta’mirlash belgilangan.

Mazkur qaror ijrosi doirasida bugungi kunda qurilish-ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi. Hozirgi kunda avtomobil yo‘lning Qo‘ng‘irot tumani hududidan o‘tgan 19 — 22-kilometr qismida asfalt yotqizish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Ish jarayonlariga 8 ta zamonaviy maxsus texnika va 15 nafar ishchi kuchi jalb qilingan. Ushbu bunyodkorlik ishlari natijasida nafaqat transport infratuzilmasi yangilanadi, balki aholining kundalik hayoti yengillashadi, hududlararo aloqalar mustahkamlanadi va iqtisodiy faollik yanada oshadi.

Skip to content