background

⚡️Prezidentimizning PQ-132-sonli qarori amalda: D234 avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

Admin 18-Sentabr-2025

⚡️Prezidentimizning PQ-132-sonli qarori amalda: D234 avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

 

Muhtaram Prezidentimizning «Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar) larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida»gi PQ-132-sonli qaroriga asosan, Chimboy tumanini 2025-2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish dasturi doirasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, D234 «Nukus-Chimboy-Taxtako‘pir» avtomobil yo‘lining Chimboy tumani hududidan o‘tgan 57-58-kilometr qismida asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ish jarayonlariga 7 ta zamonaviy maxsus texnika va 12 nafar ishchi kuchi jalb etilgan. Ushbu ta’mirlash ishlari natijasida nafaqat transport infratuzilmasi yangilanadi, balki aholining kundalik hayoti yengillashadi, hududlararo aloqalar mustahkamlanadi va iqtisodiy faollik yanada oshadi.

Skip to content