background

⚡️Xalqaro avtomobil yo‘lining 25 km qismini sement-beton yo‘lga aylantirish ishlari davom etmoqda

Admin 16-Sentabr-2025

⚡️Xalqaro avtomobil yo‘lining 25 km qismini sement-beton yo‘lga aylantirish ishlari davom etmoqda

Muhtaram Prezidentimizning topshirig‘i bilan Qorao‘zak va Beruniy tumanlari hududidan o‘tuvchi A380 «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» avtomobil yo‘lining 673-698 km (25 km) qismini Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida sement-beton qoplama bilan rekonstruksiya qilish belgilangan edi. Shu asosda bugungi kunda beton qoplamasini yotqizish ishlari olib borilmoqda.

Umumiy qiymati 48,7 million dollar bo‘lgan loyiha qurilish ishlarining sifatli olib borilishida xalqaro konsalting kompaniyalari jalb etilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda maxsus mashina mexanizmlari va ishchi-mutaxassislar safarbar etilgan.

Skip to content