Qo‘ng‘irot tumanida «Tashabbusli budjet» jarayonining 2025-yil 1-mavsumida eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib deb topilgan «Mehnatobod» OFY hududiga olib boruvchi avtomobil yo‘liga asfalt yotqizish ishlari olib borildi.
Bu ishlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hududiy yo‘llarga buyurtmachi davlat muassasasining buyurtmasi asosida «Qo‘ng‘irot Izvest Invest» MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Qurilish jarayonlariga 8 ta maxsus texnika va 14 nafar ishchi jalb etilgan.
Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash orqali hudud aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish imkoniyatlarini yaratish, shuningdek, transport qatnovini yengillashtirish ko‘zda tutilgan.