background

⚡️ Radio orqali aholi murojaatlari tinglandi

Admin 03-Avgust-2026

⚡️ Radio orqali aholi murojaatlari tinglandi

Qoraqalpog‘iston radiokanalining “Xalq bilan suhbat” eshittiruvida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi matbuot kotibi Dilshodbek Jumamuratov hamda Harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i Ernazar Kenjaliyev   ishtirok etib, fuqarolarning avtomobil yo‘llari holati va yo‘l harakati xavfsizligiga oid murojaatlarini tingladi.

Muloqot davomida aholi tomonidan bildirilgan savol va takliflarga tegishli tushuntirishlar berilib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Bunday ochiq muloqotlar fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, aholini qiynayotgan muammolarga yechim topish hamda sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

https://t.me/qaraqalpaq_avtojol/17411

Skip to content