
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaatga (https://t.me/antikorruz/5431) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildiradi.
Murojaatda ko‘rsatilgan avtomobil yo‘li To‘rtko‘l tumanidagi 95V140 (4N-102) “To‘rtko‘l sh. – Bezrgen paxta punkti – “Yambashqal’a” OFY – “Qirqqiz” OFY” avtomobil yo‘li hisoblanadi.
Mazkur murojaat yuzasidan tegishli o‘rganish ishlari olib borildi. Avtomobil yo‘lining murojaatda ko‘rsatilgan qismlarida To‘rtko‘l tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan belgilangan reja asosida ta’mirlash ishlari amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.