background

⚡️Chimboy tumanida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Admin 28-Sentabr-2026

⚡️Chimboy tumanida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Muhtaram Prezidentimizning 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son “Hududlarni rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish, doimiy ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Chimboy tumanida yo‘l qurilish-ta’mirlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Xususan, tumanning “Tazajol” OFY hududidagi “Obod yob” ko‘chasining 1 kilometr 446 metr qismida asfaltlash ishlari amalga oshirildi.

Mazkur yo‘lga asfalt qoplamasining yotqizilishi natijasida ko‘chada transport qatnovi uchun qulay sharoit yaratilib, hudud yo‘l infratuzilmasi yanada yaxshilandi.

Skip to content