background

MUHIM E’LON

Admin 24-Sentabr-2026

MUHIM E’LON

Qipchoq–Blok-post–80 stansiyalari oralig‘ining 506-kilometri 6-piketida ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatda va xavfsiz amalga oshirish maqsadida Amudaryo ustidan o‘tuvchi avtomobil va temir yo‘l qo‘shma ko‘prigida transport harakati vaqtincha to‘liq to‘xtatiladi.

📅 2026-yil 24-sentabr soat 23:00 dan 25-sentabr soat 06:00 gacha

Mazkur vaqt oralig‘ida ko‘prik orqali avtomobillar va poyezdlar harakati to‘liq yopiladi.

🚧 Haydovchilar va yo‘lovchilardan mazkur cheklovni inobatga olib, safarlarini oldindan rejalashtirishlarini so‘raymiz.

Skip to content