background

⚡️G‘ARESSIZLIK KO‘CHASIDA ASFALTLASH ISHLARI YAKUNLANDI

Admin 08-Sentabr-2026

⚡️G‘ARESSIZLIK KO‘CHASIDA ASFALTLASH ISHLARI YAKUNLANDI

Oldin xabar berganimizdek, Nukus shahridagi Sobir Kamolov va G‘aressizlik ko‘chalarini tun-u kun, 24/7 rejimida faoliyat yuritadigan ko‘ngilochar hududga aylantirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Hozirda mazkur loyiha doirasida G‘aressizlik ko‘chasida asfaltlash ishlari yakunlanish arafasida. Xususan, ko‘chaning belgilangan qismiga asfalt qoplamasining so‘nggi qatlami yotqizildi.

Mazkur ishlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmasi asosida «Doniyor Avto Servis» MChJ tomonidan olib borilmoqda.

Skip to content