background

⚡️ Shumanay tumanida “Tashabbusli budjet” doirasida 1,9 kilometr yo‘lga asfalt qoplamasi yotqizildi

Admin 12-Avgust-2026

⚡️ Shumanay tumanida “Tashabbusli budjet” doirasida 1,9 kilometr yo‘lga asfalt qoplamasi yotqizildi

“Tashabbusli budjet” dasturining 2026-yil 1-mavsumi doirasida Shumanay tumanida aholi uchun muhim bo‘lgan ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, “Begjap” OFY hududidagi Gulistan aholi punktida loyiha asosida 1,9 kilometr masofadagi yo‘lga yangi asfalt qoplamasi yotqizildi.

Mazkur loyiha aholining ovoz berishi natijasida g‘olib deb topilgan tashabbus asosida amalga oshirildi. Yo‘lning ta’mirlanishi natijasida hudud aholisi uchun qulay va xavfsiz transport harakati ta’minlanib, yo‘l infratuzilmasi yanada yaxshilanadi.

Skip to content