
Muhtaram Prezidentimizning 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son “Hududlarni rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish, doimiy ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Nukus tumanida avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, Nukus tumanidagi 95V089 “95V149 avtomobil yo‘li (8-km) — Qranov ovuli — Akterek OFY” avtomobil yo‘lining 1—2-kilometr oralig‘ida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Mazkur loyiha transport qatnovi xavfsizligi va qulayligini oshirish, shuningdek, hudud aholisining zamonaviy va sifatli yo‘l infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.