background

⚡️Nukus shahrida «Tashabbusli budjet» asosida ichki ko‘chalar yangilanmoqda

Admin 03-Iyul-2026

⚡️Nukus shahrida «Tashabbusli budjet» asosida ichki ko‘chalar yangilanmoqda

«Tashabbusli budjet» dasturining 2026-yil 1-mavsumi doirasida g‘olib bo‘lgan loyiha asosida Nukus shahri «Obod makon» MFY hududidagi Mardon ota, Lochin va Yetti iqlim ko‘chalarining 2 kilometr 150 metr qismiga yangi asfalt qoplamasi yotqizilmoqda.

Mazkur loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmachiligida «Universal Premiyum Stroy» MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Loyiha yakunlangach, mahalla aholisi uchun yanada qulay va xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratiladi.

Skip to content