background

Bayram tabrigi

Admin 27-Iyun-2026

Bayram tabrigi

Hurmatli jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari vakillari!

Sizlarni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi nomidan samimiy muborakbod etaman!

Axborot maydonida halollik, haqqoniylik va fidoyilik bilan faoliyat yuritib, yo‘lsozlik sohasidagi yutuqlarni keng jamoatchilikka yetkazishdagi hissangiz tahsinga loyiq.

Ayniqsa, yo‘l sohasi bo‘yicha yangiliklarni yoritish, fuqarolar murojaatlarini ommaga uzatish va ijtimoiy muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatishdagi faolligingiz uchun minnatdorchilik bildiraman.

Sizlarga sog‘lik, baxt, kuch-g‘ayrat va ijodiy muvaffaqiyatlar tilayman. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i, Umrbek Matnazarov

Skip to content