background

⚡️Yo‘l sohasidagi yarim yillik natijalar bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi

Admin 25-Iyun-2026

⚡️Yo‘l sohasidagi yarim yillik natijalar bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi

 

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasida “2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda boshqarma rahbariyati, soha mutaxassislari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Tadbirda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Maqset Allambergenov yilning birinchi yarim yilligida umumiy foydalanishdagi va ichki xo‘jalik yo‘llarida amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari haqida ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng jurnalistlarning yo‘l sohasiga oid savollariga mutasaddilar tomonidan javob qaytarildi.

Tadbir yakunida 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh jurnalistlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Matbuot anjumani sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda OAV bilan hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

Skip to content