
Chimboy tumani «Shox temir» makon fuqarolar yig‘ini hududi orqali o‘tuvchi umumiy foydalanishdagi D233a «D234 avtomobil yo‘liga tarmoq (60 km.dan) » avtomobil yo‘lining 1.6-kilometrda joylashgan «Kegeyli» kanali ustidan o‘tuvchi ko‘prikda 2026-yil 25-iyundan boshlab ta’mirlash ishlari boshlanib, koʻprik ta’mirlash ishlari yakunlangunga qadar yopiladi.
Shu munosabat bilan barcha transport vositalari haydovchilaridan muqobil yo‘llardan foydalanishlari hamda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etishlarini so‘raymiz. O‘zingiz va oʻzgalarning xavfsizligini ta’minlash har birimiz uchun muhim ekanini unutmang.