
Kegeyli tumani hududidan o‘tuvchi D236 (4R178) “Qumchingul temir yo‘l bekati – Qozonketken qishlog‘i” avtomobil yo‘lining 16–17-kilometr qismida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Kegeyli tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur ishlar yo‘lning transport-ekspluatatsion holatini yaxshilash, harakat xavfsizligini ta’minlash va qatnov uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan.
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, ushbu yo‘nalishda harakatlanayotgan haydovchilar va hudud aholisi uchun yanada xavfsiz hamda qulay yo‘l infratuzilmasi yaratiladi.