
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaatga (https://www.tiktok.com/@ametovalaylahan/video/7626963662531611922) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildiradi.
Mazkur holat Nukus shahri hududidan o‘tuvchi D234 “Nukus—Chimboy—Taxtako‘pir” avtomobil yo‘lining 10–11-kilometr qismlariga to‘g‘ri keladi. Ayni paytda ushbu yo‘lning 9,3–14,3-kilometr oralig‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-sonli “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.
Hozirgi kunda obyektda avtomobil yo‘lini kengaytirish ishlari “Qipchoq yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi” tomonidan belgilangan reja grafik asosida qurilish ishlari amalga oshirilayotganligini ma’lum qilamiz.