📍Taxtako‘pir tumani hududidagi mahalliy ahamiyatga ega 95V004 “D234 avtomobil yo‘lining (114 km) — Beltov tosh koniga” olib boruvchi avtomobil yo‘lining 2–8-kilometr qismida asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.
🚧 Mazkur qurilish-ta’mirlash ishlari Taxtako‘pir tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
✅ Amalga oshirilayotgan ishlar ushbu yo‘ldan foydalanayotgan transport vositalari uchun qulaylik yaratish, yo‘l qatnovi xavfsizligini ta’minlash hamda hudud infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.