
Muhtaram Prezidentimiz topshirig‘iga asosan Qorao‘zak va Beruniy tumanlari hududidan o‘tuvchi «A380 G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beyneu» avtomobil yo‘lining 673–698 km (25 km) qismini Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida sement-beton qoplama bilan rekonstruksiya qilish belgilangan. Hozirda mazkur uchastkada qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Qurilish jarayonining borishi O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurorining o‘rinbosari, adliya katta maslahatchisi D. Rahmatullayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Orolbo‘yi transport prokurori D. Madenov hamda Bosh boshqarma boshlig‘i U. Matnazarov ishtirokida joyiga chiqib o‘rganildi.
Mutasaddilar tomonidan belgilangan me’yor va sifat talablariga qat’iy rioya etilishi alohida e’tibor bilan ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ishlarning tasdiqlangan jadval asosida olib borilishi yuzasidan pudratchilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.