Avvalroq Sobir Kamolov va G‘aressizlik ko‘chalarini tun-u kun, 24/7 rejimida faoliyat yuritadigan ko‘ngilochar hududga aylantirish rejalashtirilgani e’lon qilingan edi. Mazkur loyiha doirasida:
Sobir Kamolov ko‘chasining Sayoxatchilar – G‘aressizlik oralig‘idagi 600 metr qismi,
G‘aressizlik ko‘chasining Ernazar Olako‘z – Sobir Kamolov oralig‘idagi 430 metr qismi yangicha ko‘rinishga keltirilishi belgilangan edi.

Hozirda qurilish ishlari G‘aressizlik ko‘chasida Qoraqalpog’iston Respublikasi Mintaqaviy yo’llarga buyirtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmasi asosida «Doniyor Avto Servis» tomonidan olib borilmoqda.
Jarayonga 10 ta maxsus texnika hamda 20 nafar ishchi jalb etilgan bo‘lib, qurilish ishlari belgilangan reja asosida jadal sur’atlarda davom etmoqda.