
Hozirda Respublikamiz hududida qor yog‘ishi kuzatilmoqda. Havo haroratining pasayishi tufayli avtomobil yo‘llarida yaxmalaklar paydo bo‘lishi mumkin. Shu sababli yo‘llarda tezlikni oshirmaslik, yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash, yo‘l harakati hodisalarining oldini olish maqsadida harakat xavfsizligiga qat’iy amal qilishingizni so‘rab qolamiz.