background

QISHKI QAROV

Admin 29-Yanvar-2026

QISHKI QAROV

Qishning qirovli kunlarida avtomobil yo‘llarida harakatlanish haydovchidan xushyorlik va yuksak mahoratni talab etadi.

Bunday ob-havo sharoitida yo‘lsozlar va ko‘priksozlarning fidoyiligi esa haydovchi hamda yo‘lovchilarning mushkulini oson qiladi.

Ayni jihatlar e’tiborga olingani holda “O‘zyo‘lko‘prik” klasteri Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali DM xodimlari tomonidan hududdan o‘tuvchi barcha avtomobil yo‘llari hamda ko‘priklarda qishki qarov va saqlash ishlari olib borilmoqda.

Bu jarayonlar ayniqsa, A380 “G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu”, D231 “Qo‘ng‘irot sh. — Mo‘ynoq sh.”, D234 “Nukus sh. — Chimboy sh. — Taxtako‘pir sh.” hamda 95V001 “Nukus kichik halqa yo‘li” avtomobil yo‘llarida kuchaytirilgan tartibda amalga oshirilmoqda.

Skip to content