background

⚡️Nukus koʻchalari qordan tozalanmoqda

Admin 27-Yanvar-2026

⚡️Nukus koʻchalari qordan tozalanmoqda

 

Nukus shahrida kuzatilayotgan qor yog‘ishi sababli shahar ko‘chalarida yo‘l-transport harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tizimidagi tashkilotlar tomonidan maxsus texnika va brigadalar jalb etilgan.

Yo‘llarda muzlama va sirpanchiq holatlarning oldini olish maqsadida avtomobil qatnov qismlariga qum-tuz aralashmasi sepilmoqda, shuningdek, qor tozalash ishlari uzluksiz davom ettirilmoqda. Mazkur ishlar shahar ko‘chalarida fuqarolarning xavfsiz va erkin harakatlanishini ta’minlashga qaratilgan.

Skip to content