background

⚡️Yo‘l xo‘jaligida shaffoflik va halollik masalalari muhokama qilindi

Admin 03-Dekabr-2025

⚡️Yo‘l xo‘jaligida shaffoflik va halollik masalalari muhokama qilindi

Ellikqal’a va To‘rtko‘l tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasalari hamda Ellikqal’a Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish va tizimda shaffoflikni ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbir davomida davlat xaridlarini ochiq va adolatli tashkil etish, mas’uliyatni kuchaytirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Yakunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amaliy vazifalar belgilandi va barcha faoliyat jarayonlarida halollik, adolat hamda qonun ustuvorligi tamoyillariga qat’iy rioya etish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.

Skip to content