
Chimboy tumani hududidagi 95V008 “D233 avtomobil yo‘li (79 km.dan) – “Mayjap” OFY” yo‘lining 2—4-kilometr qismida asfaltlash ishlari amalga oshirildi.
Mazkur loyiha “Tashabbusli budjet” dasturining 2-mavsumi doirasida g‘olib bo‘lgan bo‘lib, qurilish ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmachiligi asosida “Daniyor Avto Servis” MChJ tomonidan bajarildi.