background

⚡️Rasmiy ma’lumot

Admin 12-Noyabr-2025

⚡️Rasmiy ma’lumot

Nukus shahrida yo‘l harakati xavfsizligini oshirish maqsadida zamonaviy aqlli svetoforlar o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Ushbu jarayon doirasida zarur bo‘lgan kommunikatsiya tarmoqlarini o‘tkazish maqsadida ayrim yo‘l qoplamalari vaqtincha kesib o‘tilgan.

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda mazkur ishlar yuzasidan turli tanqidiy fikrlar bildirildi.

Hozirgi paytda kesilgan yo‘l qismlari qayta tiklanmoqda, asfalt qoplamasi bosqichma-bosqich o‘z holiga keltirilmoqda. Ishlar belgilangan tartibda yakuniga yetkazilib, yo‘l harakati uchun qulay sharoitlar ta’minlanadi.

Skip to content