
Amudaryo tumani hududidan o‘tuvchi D217 (4R160) “Urganch – Gurlan – Mang‘it – Turkmaniston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo‘lining 77–79-kilometr qismida yo‘lni saqlash ishlari doirasida yo‘l chetidagi beton to‘siqlar yangicha dizaynda bo‘yalmoqda.


Mazkur ishlar Amudaryo tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan olib borilmoqda. Tashabbusning asosiy maqsadi — yo‘l harakati ishtirokchilari uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish, shuningdek, hududning tashqi qiyofasini yanada estetik ko‘rinishga keltirishdan iborat.
Natijada yo‘l infratuzilmasi yangilanib, shahar ko‘rki va jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.