

Tashabbusli byudjetning 2-mavsumida fuqarolarning ovoz berish yo’li orqali g’olib bo’lgan, Beruniy tumani Shabboz ovul fuqarolar yig’ini hududidagi Nurli yo’l ko’chasining 1,5 kilometr qismida asfatlash ishlari olib borilib, asosiy qatnov qismi ravon bo’ldi. Oldinlari chang va harakatlanish qiyin bo’lgan mazkur yo’l endilikda aholi uchun tekis yo’lga aylandi. Tumandagi o’zgarishlar aholining ijobiy kayfiyatiga sabab bo’lmoqda. (https://t.me/beruniy_news/73768)