

Taxiatosh tumanida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Amriddin Abdurahmonov tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.
➡️Mazkur qabul davomida fuqarolardan jami 18 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 6 ta murojaat joyida hal etildi, qolgan 12 ta murojaat esa tegishli tartibda ijroga qabul qilindi.
📣Sayyor qabulda asosan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, ta’mirlash ishlari hamda aholiga qulay sharoit yaratish masalalari yuzasidan murojaatlar ko‘rib chiqildi.