background

⚡️Shumanayda avtomobil yo‘llari ta’mirlanmoqda

Admin 23-Aprel-2026

⚡️Shumanayda avtomobil yo‘llari ta’mirlanmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda haydovchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xususan, D235 (4R177) “Qonliko‘l” t.y. bekati – Shumanay shahri – “Qoraboyli” t.y. bekati» avtomobil yo‘lida transport qatnovi xavfsizligini ta’minlash va yo‘l holatini yaxshilash maqsadida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ayni paytda mazkur avtomobil yo‘lining 11–12-kilometr oralig‘ida Shumanay tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan tizimli ravishda ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Skip to content