O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori
Tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish, tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha har yili o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini (keyingi o‘rinlarda — ochiq muloqot) yuqori saviyada tashkil qilish maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda;
hududlarda tadbirkorlar muammolarini o‘rganish va hal qilish bo‘yicha ishchi guruhlar (keyingi o‘rinlarda — hududiy ishchi guruhlar) 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tuzilsin.
ochiq muloqotni yuqori saviyada o‘tkazish bilan bog’liq tashkiliy chora-tadbirlarni tezkor va sifatli amalga oshirish, bu borada ekspert guruhlari, hududiy ishchi guruhlar, mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
tadbirkorlar murojaatlari va takliflarini tunu kun qabul qilish va umumlashtirish, tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, tadbirkorlarning alohida masalalarini joylarda tezkorlik bilan hal qilishni tashkil etish;
hududlarda tadbirkorlar bilan muloqot haftaliklarini tashkil etish, ochiq muloqotni o‘tkazish joyi va muddati bo‘yicha takliflar va ishtirokchilar ro‘yxatini shakllantirish hamda Tadbirkorlar kunini keng nishonlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash.
ochiq muloqot doirasida tadbirkorlar murojaatlarini tunu kun qabul qilish va umumlashtirish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralar xodimlaridan iborat Respublika shtabi, shuningdek, hududiy ishchi guruhlar va 3-ilovaga muvofiq yo‘nalishlar bo‘yicha ekspert guruhlarini tashkil etsin;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi (keyingi o‘rinlarda — Jamoatchilik kengashi), vazirlik va idoralar rahbarlari, salohiyatli investor va tadbirkorlar ishtirokida matbuot anjumanlari, davra suhbatlari, muloqot haftaliklarini tashkil qilish, infografika va videoroliklar tayyorlash bo‘yicha mediarejani tasdiqlasin;
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Savdo-sanoat palatasi mediarejaga asosan ochiq muloqot doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va ularning natijalarini ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
maxsus elektron platformalar, Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Call-markaz xizmati, ijtimoiy tarmoqlar va sayyor qabullar orqali tadbirkorlarning murojaatlari tunu kun qabul qilinishini tashkil etadi;
har kuni tadbirkorlar murojaatlarini ekspert guruhlari va hududiy ishchi guruhlarga yuboradi hamda murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g’risidagi yig’ma ma’lumotlarni Respublika komissiyasiga taqdim etib boradi;
har hafta tadbirkorlar murojaatlari asosida aniqlangan tizimli muammolarni Jamoatchilik kengashida muhokama qilib, ularning echimlari bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Respublika komissiyasiga kiritib boradi;
har kuni tadbirkorlardan kelib tushgan individual xususiyatga ega masalalar joyida hal qilinishini ta’minlaydi;
har hafta biriktirilgan hududning har bir tumani (shahri)ga chiqqan holda, tadbirkorlar bilan sayyor qabullar tashkil etadi, aniqlangan tizimli muammolar va ularning echimi bo‘yicha takliflarni Respublika shtabiga kiritib boradi.
Respublika komissiyasi (J. Qo‘chqorov, J. Xodjaev) Respublika shtabi, ekspert guruhlari va hududiy ishchi guruhlar ishiga mas’uliyatsizlik bilan munosabatda bo‘lgan xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy choralar ko‘rilishini ta’minlasin.
har yili 15 iyunga qadar Respublika shtabi, ekspert guruhlari va hududiy ishchi guruhlarni joylashtirish va ularni zarur moddiy-texnik jihozlar bilan ta’minlash masalasini hal qilsin;
har yili 1 avgustga qadar «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoniga biznesdagi muvaffaqiyatlari va ijtimoiy faolligi bilan namuna bo‘layotgan tadbirkorlar orasidan nomzodlar ro‘yxatini o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha komissiyaga kiritsin.
Qoraqalpog’iston Respublikasida 2024 yil avgust oyida xalqaro biznes forum tashkil etilishi, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi elchilari bilan hamkorlikda salohiyatli investorlarni jalb etib, kelishuvlar amalga oshirilishini ta’minlasin;
joriy yil yakuniga qadar O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi elchilari bilan hamkorlikda «Qoraqalpog’istonda biznes qiling» dasturi doirasida yirik xorijiy ishlab chiqaruvchi kompaniyalar brendlarini jalb qilish choralarini ko‘rsin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYoEV
Toshkent sh.,
2024 yil 30 may,
PQ-200-son